Pogba: "Hech qachon APL chempioni bo'lmaganman"
11 okt 2018 15:22
Yangiliklar
Pogba: "Hech qachon APL chempioni bo'lmaganman"
"Manchester Yunayted" va Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogbaning so'zlariga ko'ra, JCH-2018dagi g'alabadan so'ng musobaqa ritmiga qaytish qiyin bo'lgan ekan.
"Yulduzlarga qo'l tekkizganingdan so'ng, diqqatni bir joyga to'plab, sovrinlar uchun yana kurashni boshlash qiyin. Jahon chempionligi - futbolchi faoliyati davomida qo'la kiritishi mumkin bo'lgan eng yaxshi sovrin. Men qiyinchiliklarni engishni yaxshi ko'raman, hali maqsadlarim ko'p. Masalan, hozirgacha Premer-ligada chempion bo'lmaganman. Buni amalga oshirmoqchiman" - deydi Pogba.
Fikrlar