Pogba bilan Mourinoning munosabatiga darz ketgan. "Yuve" Pogbani ortga qaytarmoqchi
25 may 2018 14:20
Yangiliklar


Pogba bilan Mourinoning munosabatiga darz ketgan. "Yuve" Pogbani ortga qaytarmoqchi
Bu haqda "Tutto Juve" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning malum qilishicha, Pogba va "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinoning o'zaro munosabati yomonlashgan. "Yuventus" esa ushbu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi.
Turinliklar bosh murabbiyi Allegri klub rahbariyatiga markaz uchun Pogbani qaytarish yoki "Lacio"dan Sergey Milinkovich-Savichni olib kelish talabini qo'ygandi. "Yuventus" esa Pogbani jamoaga qaytarish choralarini izlamoqda.
Ayni paytda Pogba va Mourinoning munosabatlari ideal darajada emas. Turinliklar esa ushbu vaziyatda futbolchining agenti Mino Rayola orqali Pogbani "Yuventus"ga qaytarish rejasini amalga oshirishmoqchi.
Faqat bitta muammo mavjud. Pogba "Manchester Yunayted"da 9 million evro maosh oladi. Milinkovich-Savichning "Lacio"dagi maoshi esa bor-yo'g'i 1,5 million evroni tashkil qiladi. Lekin "Lacio" o'z futbolchisini arzon garovga qo'yib yubormoqchi emas.
"Yuventus" rahbariyati Pogba va Milinkovich-Savich tanlovidan qay biriga to'xtalishini esa vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar