Pogba Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
18 noya 2024, 13:50
Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin, deb xabar berdi "Fichajes".

Ma'lumotlarga qaraganda, Pogbaga Angliyaning "Vest Xem" va "Nyukasl" klublari qiziqmoqda. Yarim himoyachi Premer-ligada 2016 yildan 2022 yilgacha "Manchester Yunayted"da o'ynagan, shundan so'ng Italiyaning "Yuventus" klubiga o'tgan.

Eslatib o'tamiz, Pol Pogba hamon doping tufayli 18 oylik diskvalifikaciyani o'tamoqda, bu muddat 2025 yil boshida tugaydi. 

Avvalroq "Yuventus" xavbek bilan shartnomani bekor qilgani va endi u erkin agentga aylangani haqida xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes