Rasman: Pol Pogba endi jamoasiz

Mirjalol Normatov
16 noya 2024, 00:47
"Yuventus" yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnoma bekor qilinganligini ma'lum qildi.

Klub matbuot xizmatining yozishicha, shartnoma 30 noyabr kunidan bekor qilinadi. Qaror o'zaro kelishuvga asosan chiqarilgan.

"Pol Pogbaning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yoziladi klub rasmiy saytida.

Bunga qadar yarim himoyachi antidoping qo'mitasi tomonidan 4 yilga futboldan chetlatilgandi. Futbolchi keyinchalik CAS orqali sudlashib, diskvalifikaciya muddatini 18 oygacha qisqartirgandi. Mart oyida futbolchi maydonda ko'rinish berishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: juventus.com