So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Podval jamoasi tashkil etilganiga 22 yil to'ldi Yangiliklar

Podval jamoasi tashkil etilganiga 22 yil to'ldi

Teglar :  Podval
Malumki, yurtimizda millionlar o'yini bo'lmish futbolga bo'lgan qiziqish juda katta. SHu sabab davlatimiz tomonidan ham futbolga keng yo'l ochib berilmoqda.

So'nggi yillarda professional futbol bilan bir qatorda havaskorlar futboli ham ommalashib bormoqda. Ayniqsa, vodiyda havaskorlar futboliga bo'lgan qiziqish juda ham ortib ketdi. Havaskor jamoalar ishtirokidagi aksariyat o'yinlarga 1,5-2 ming nafardan tomoshabin tashrif buyurayotgani esa so'zlarimizning isbotidir. Hozirda 100 dan ortiq havaskorlar jamoalari mini-futbol va futzal bilan shug'ullanib kelishmoqda. Jumladan, Andijon viloyatidagi havaskorlar jamoalar orasida ajoyib nomi bilan tanilgan «Podval» jamoasi anchadan beri vodiy bo'ylab «Futbol muxlislar uchun!» SUPER SHOU uchrashuvlarini o'tkazib kelmoqda.

Vodiyda o'z muxlislari va tarixiga ega bo'lgan «Podval» jamoasining tashkil etilganiga bu yil 22 yil to'ldi. SHu munosabat bilan «Podval» jamoasi yaqinda Andijondagi «Yoshlar sport saroyi»da futzal bo'yicha mini-turnir tashkil qildi. Musobaqaga futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati ishtirokchilari «Neftchi» (Farg'ona) hamda «Navbahor» (Namangan) jamoalari, shuningdek, hozirgi kunda Andijon viloyatining eng kuchli havaskor jamoalaridan biri bo'lib turgan «Buloqboshi» jamoasi taklif qilindi. Maydonga birinchi bo'lib «Navbahor» va «Buloqboshi» jamoalari tushishdi. Murosasiz kechgan uchrashuv 3:3 hisobida yakunlanib, g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo'ldi. Futbol lotereyasida raqiblaridan 3:2 hisobida ustun kelgan namanganliklar final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Ikkinchi yarim finalda turnir tashkilotchisi «Podval» «Neftchi» bilan kuch sinashib, 3:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Finalda azaliy raqiblar - «Navbahor» va «Neftchi» jamoalari to'qnash keldilar. Ancha qiziqarli kechgan final o'yinida namanganliklar 4:1 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishishdi va turnir g'olibiga aylanishdi.

CHempion jamoa azolari «Podval» jamoasi menejeri, musobaqani tashkillashtirishda bosh-qosh bo'lgan Baxtiyor Nasirdinov tomonidan sovg'alar va mukofot puli bilan taqdirlandilar.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика