Podolski hozir qaerda?
24 may 2021 14:57
Yangiliklar
Podolski hozir qaerda?
Germaniya terma jamoasining rekordchilaridan biri bo'lishni uddalagan Lukas Podolski 1985 yil Polshada tug'ilgan.
Oilasi bilan Olmoniyaga ko'chib o'tgan futbolchi nemis fuqaroligini oladi va Bundestim sharafini himoya qiladi. Faoliyati davomida "Kyoln", "Bavariya", "Arsenal" va "Inter" singari jamoalarda to'p tepgan Lukas so'nggi yillarda katta sahnadan biroz chekindi.
2015 yilda "Arsenal"ni "Galatasaroy"ga almashgan o'yinchi 2 yil davomida Istanbul klubi uchun o'ynadi. SHundan keyin 2017-2020 yillarni Yaponiyaning "Vissel Kobe"sida o'tkazgan Podolski o'tgan yilda yana Turkiyaga qaytdi. U ayni paytda "Antalyaspor" futbolchisi hisoblanadi.
"Nasaf"ga OFK kubogini olib bergan Anatoliy Demyanenko hozir qaerda?
Fikrlar