Podolski faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
19 jan 2020 09:40
Yangiliklar
Podolski faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
“Vissel Kobe” klubining sobiq hujumchisi Lukash Podolski katta ehtimol bilan faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
«Fanatik» xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi “Antalyaspor” klubi taklifini qabul qilgan. Yaqin soatlarda futbolchi Antalaiyaga keladi va klub rahbarlari bilan uchrashib, bir yarim yillik shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.
“Vissel Kobe” kecha futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etganligi haqida xabar qildi. Forvard erkin agentga aylandi.
Lukash uchun Turkiya begona joy emas. U 2015-17 yillarda “Galatasaray” sharafini himoya qilgan. “Kyoln” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan germaniyali futbolchi faoliyati davomida “Bavariya”, “Arsenal”, “Inter” klublari sharafini himoya qilgan. 2017 yildan u “Vissel Kobe” safida to'p tepib kelayotgandi.
O’xshash yangiliklar
18:28
Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshexir" mehmonda yirik g'alabaga erishdi, Shomurodovdan dubl! 39
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar