Pochettino: "Tottenxem" birinchi turda "Yunayted" bilan o'ynashi yaxshi bo'ldi"
18 iyu 2015 13:45
Yangiliklar


Pochettino: "Tottenxem" birinchi turda "Yunayted" bilan o'ynashi yaxshi bo'ldi"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino uning shogirdlari yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rayotgani haqida so'zlab berdi.
"Biz sabrsizlik mavsum startini kutyapmiz. Premer-ligada har bir raqibga qarshi barqaror o'yin ko'rsatish lozim. Birinchi turdayoq mehmonda "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynaymiz. Kuchli jamoaga qarshi mavsumni boshlash juda yaxshi. O'yinda o'zimizga ishonch bilan o'ynashimiz shart.
Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu yil "Tottenxem" o'rtoqlik turnirlarida ishtirok etmaydi. SHunga yarasha uyda ko'p shug'ullanamiz" - deydi Pochettino.

Fikrlar