So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Pochettino PSJdan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni so'radi Yangiliklar

Pochettino PSJdan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni so'radi

Argentinalik mutaxassisning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yil yakunlanadi.

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parij klubi rahbariyatidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni so'radi, deya xabar beradi Goal.

Pochettino "Real Madrid"ning asosiy nishonida bo'lib turibdi. Bundan tashqari, "Tottenxem" klubi mutaxassisni sobiq jamoasiga qaytarishni istaydi.

Eslatib o'tamiz, 27 may kuni "Real Madrid" Zinedin Zidanning "Qirollik klubi"ni tark etishini rasman elon qildi. Avvaliga Massimiliano Allegri "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod edi, ammo murabbiy amalda "Yuventus"ga qaytishga rozi bo'ldi va madridliklar endi bor etiborini Pochettinoga qaratmoqda. Pochettinodan tashqari "Real" Antonio Konte va Raul nomzodlarini ko'rib chiqmoqda.

Pochettino 2014 yildan 2019 yilgacha "Tottenxem"ni boshqargan va ingliz klubidan ilgari "Sautgempton" va "Espanol" postini egallagandi. Argentinalik mutaxassis "shporlar" bilan CHempionlar Ligasi va Angliya Liga Kubogi finaliga chiqqan. 2021 yil yanvar oyida mutaxassis PSJni qabul qilib oldi va klub bilan Franciya kubogini qo'lga kiritdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика