Pochettino: "O'yinchilarni shunday bahslar uchun ruhlantirish oson"
02 mar 2019 00:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/480430_original.jpg)
![](/upload/storage/480430_220.jpg)
Pochettino: "O'yinchilarni shunday bahslar uchun ruhlantirish oson"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Arsenal"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.
"O'yinchilarni shunday bahslar uchun ruhlantirish oson. Hatto buni men qilishim shart emas. "Arsenal"ga qarshi o'yin nimani anglatishini bilamiz.
Joriy mavsum ikki marotaba o'ynadik. "'Emireyts"da bo'lib o'tgan APL uchrashuvida mag'lub bo'ldik, Liga Kubogida g'alaba qozondik. Qiyin bo'lgan o'yin kutib turibdi. Ularning ajoyib futbolchilari bor va o'z ishining ustalari. Emeri buyuk murabbiy, uni yaxshi bilaman", - dedi Pochettino.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar