Pochettino: “O'yinchilarim bilan faxrlanaman”
24 apr 2019 09:43
Yangiliklar


Pochettino: “O'yinchilarim bilan faxrlanaman”
“SHporlar” ustozi APL 33-turining qoldirilgan o'yinida “Brayton” ustidan erishilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Qiyin o'yin. Biz o'yin shunday bo'lishini, raqib himoyasini yorib o'tish qiyin bo'lishini bilardik. Ammo biz ishonishda davom etdik va gol urish uchun ko'plab yo'llarni izlab taslim bo'lmadik. Uch ochko oldik va hozirda musobaqa jadvalida yaxshi o'rindamiz (3-o'rinda). Jamoa “Manchester Siti” bilan bahsda juda ko'p kuch yo'qotgandi. O'yinchilar ham jismoniy jihatdan yuz foiz tayyor emasdi. SHunday ekan bu g'alaba bilan ularni tabriklashimiz kerak. Ular bilan faxrlanaman”,—deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar