Pochettino Mudrik haqida: "Umid qilamanki, tez orada u o'zining eng yaxshi holatiga qaytib oladi"
03 sen 2023 16:51
Yangiliklar
Pochettino Mudrik haqida: "Umid qilamanki, tez orada u o'zining eng yaxshi holatiga qaytib oladi"
"CHelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino nima sababdan Mixail Mudrik asosiy tarkibdan o'rin olmayotganini aytdi.
"U juda iqtidorli ftubolchi. Aslini olganda, muzokaralargacha futbolchi o'zini qulay his qilishi, tanasida kuch etarli ekanligini bilishi kerak. Unda eng avvalidanoq muammolar bo'lgan. Yodimda, u Evro (U-21) turnirida bir o'yinda qatnashgan. Mudrik hech qachon barqaror ravishda mashg'ulotlar o'tkazmagan - doimo nimadir bo'lib turgan.
Hozir biz unga o'zini yaxshi his qilishi va kuchli bo'lishi uchun yordam beryapmiz. SHundan keyin u yaxshi o'yin ko'rsatishni boshlaydi. Qachonki sog'lig'i bilan muammosi bo'lsa, hech kim yaxshi o'yin ko'rsata olmaydi. U har tomonlama o'zini yaxshi his qilishi kerak. Umid qilamanki, tez orada u o'zining eng yaxshi holatiga qaytib oladi", - dedi londonliklar bosh murabbiyi.
Fikrlar