Pochettino Mouraning transferidan xursandmi?
03 fev 2018 01:53
Yangiliklar
Pochettino Mouraning transferidan xursandmi?
“Tottenhem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yarim himoyachi Lukas Mouraning jamoasiga kelib qo'shilishi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Braziliyalik futbolchi “PSJ”dan London klubiga ko'chib o'tdi.
“Transferdan hayratdamanmi? Yo'q, albatta. Biz Neymar, Ronaldu yoki Messini sotib olganimiz yo'q. Biz “PSJ”da so'nggi olti yoki etti oy o'ynamagan futbolchini safimizga qabul qildik. Albatta, muxlislar bundan xursand – chunki u katta jamoadan bizga keldi. O'ylaymanki, Moura keyingi uch oyda bizga yordam beradi. Ammo uni katta bosim ostida qoldirish kerakmas. U Premer ligaga, yangi jamoasiga, futbolchilarga, o'yin uslubimizga ko'nikishi lozim”, deya Pochettinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar