Pochettino "Monako"ni boshqarishdan bosh tortdi

20 iyul 2020, 19:37
"Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Monako"ni boshqarishdan bosh tortdi, deya xabar qildi Daily Mail.

2019 yilning noyabridan beri ishsiz hisoblangan 48 yoshli mutaxassisni bu lavozimga monegasklar sport direktori Pol Mitchell taklif qilmoqchi edi, ammo Pochettino rad javobini bergan.

Argentinalik mutaxassis ayni paytda qaysidir klubda ish boshlash uchun shoshilmayapti va ehtimoliy variantlarni baholash bilan cheklanmoqda.

“Bavariya” sobiq ustozi “Monako” bosh murabbiyi etib tayinlandi 

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail