Pochettino "Monako"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
22 fev 2021 11:52
Yangiliklar


Pochettino "Monako"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Franciya chempionati doirasida "Monako"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
- O'yinni yaxshi boshlagandik. "Monako" yaxshi himoyalandi. Biz 75 foiz vaqt davomida to'pni o'zimizda ushlab turdik, ammo hujumda g'oyakorlik etishmadi. "Monako" vaziyatlaridan foydalanib ketdi, biz esa yo'q.
- PSJ ushbu mavsumda oltinchi marta mag'lub bo'ldi. CHempionlikka shubxa qilmayapsizmi?
- Reallik shunday. Biz buni o'zgartira olmaymiz. Hozircha imkoniyatlar bor, kurashishda davom etamiz.
- Mbappe bugun o'zini ko'rsata olmadi. Buni nima bilan tushuntirsa bo'ladi?
- Futbol - bu matematika emas. Buni xar xil tushuntirsa bo'ladi. Bugun faqatgina Kilian emas, butun bir jamoa yutqazdi, - dedi Pochettino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar