Pochettino: "Messi bilan bir jamoada o'ynashimiz mumkin edi"
02 okt 2018 11:15
Yangiliklar
Pochettino: "Messi bilan bir jamoada o'ynashimiz mumkin edi"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Barselona"ga qarshi bo'ladigan CHempionlar ligasining 2-tur uchrashuvidan oldin, o'z vaqtida Kataloniya klubi etakchisi Lionel Messi bilan bir jamoada o'ynashi mumkinligi haqida aytdi.
"Espanol"da o'ynagan paytlarim "Barselona" akademiyasidagi Messi ismli bo'yi past yigitcha haqida eshitgandim. U "Espanol"ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar bor edi. O'sha mavsumda "Barselona" Joan Gamper Kubogi uchun Fabio Kapello qo'l ostidagi "Yuventus"ga qarshi bahs o'tkazgan. Messi ajoyib o'yin ko'rsatgan va uchrashuvdan so'ng Kapello uni maqtagan edi. SHundan so'ng "Barselona" qarorini o'zgartirib, Messini saqlab qoldi.
Agar o'sha bahsda Messi maydonga tushmaganida, u bugun "Espanol"da bundanda mashhurroq yulduzga aylanardi, "Espanol" esa "Barselona"dek bo'lardi. Biz bir jamoada o'ynashimiz, keyinroq esa men "Espanol" ustoziga aylanishim mumkin edi" - deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar