Pochettino: "Keyn jahonning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo'lishi mumkin"
04 avg 2015 10:30
Yangiliklar


Pochettino: "Keyn jahonning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo'lishi mumkin"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klub Garri Keynni saqlab qolganidan mamnunligini bildirdi.
"U "Tottenxem"da sabrsizlik bilan mavsum boshlanishini kutyapti. Garri Londonda qolganidan xursand. U klubning katta muxlisi. U biz bilan ekanidan xursandmiz.
Keyn bosimni engishni biladi. U yosh, ammo kattalar kabi fikrlaydi. Jahonning eng yaxshi hujumchisi bo'lishda u to'g'ri yo'lda ketyapti. Agar siz Evropa va Angliyada yaxshi o'ynay olsangiz, jahonning eng yaxshi musobaqalarida o'z vazifangizni uddalay olasiz.
Jamoamizda Keynga o'xshagan bir guruh iqtidorli yoshlar bor. Katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun kuchli jamoa tuzishga harakat qilamiz" - deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar