Pochettino: "Jekson uchta gol urdi, yaxshi. Lekin u oltita urishi kerak" Yangiliklar

Pochettino: "Jekson uchta gol urdi, yaxshi. Lekin u oltita urishi kerak"

"CHelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klub hujumchisi Nikolas Jekson haqidagi fikrlarini bildirdi.

Jekson bir necha kun oldin "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (4:1) xet-trik muallifiga aylangandi. 

"Niko hali yosh va u yanada rivojlanishi kerak. U uchta gol urdi, yaxshi. Lekin Jekson oltita gol urishi kerak edi. Barcha gap shunda: xech qachon etarli bo'lmaydi.

Xotirjamlikni saqlab qolish kerak. Niko - istedodli futbolchi, u hali kuchayadi va gollar uradi. Dushanba kungi kabi o'yinlar unga kamroq asabiylashib, o'yinga boshqacha yondoshishiga yordam beradi", - dedi Pochettino.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика