Pochettino Eriksenga ishonmayapti
03 jan 2019 21:58
Yangiliklar
Pochettino Eriksenga ishonmayapti
“Tottenhem” bosh murabbiyi Mauriso Pochettino jamoasi etakchisi Kristian Eriksenning “shporlar” safida qolish-qolmasligidan bexabarligini aytdi.
Daniyalik futbolchining shartnomasi yana 18 oy amalda bo'ladi.
“Hozircha hech qanday yangilik yo'q. Nima sodir bo'lishini bilmayman. Men bu vaziyatdan xavotirda emasman, chunki futbolda hamma narsa ro'y berishi mumkin. Har tomonning o'z qarashlari bo'ladi.
Albatta, Kristian biz uchun juda muhim futbolchi. Bunday futbolchilar oldimda bo'lishini istayman. Ammo gap turli xil qarashlarga ega tomonlar haqida ketmoqda. Eriksen uzoq yillar “Tottenhem”da to'p tepsa, albatta bu yaxshi bo'ladi. Agar unday bo'lmasa, bu futbolchining huquqi”, deya Pochettinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar