Pochettino CHempionlar ligasining asosiy favoritini malum qildi
15 sen 2021 21:25
Yangiliklar
Pochettino CHempionlar ligasining asosiy favoritini malum qildi
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino CHempionlar ligasining ilk turi arafasida turnirning asosiy favoritini aytdi.
"O'ylashimcha, biz va "CHelsi" CHempionlar Ligasining favoritimiz. Londonliklar chempionlik unvonini himoya qilishga harakat qilishadi. Yozda ular iqtidorli futbolchilar bilan shartnoma imzolab, yanada kuchaydi", — dedi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, "CHelsi" o'tgan yili CHempionlar ligasi finalida "Manchester Siti"ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.
Ushbu yozda Tuxel jamoasi "Inter" hujumchisi Romelu Lukakuni 115 million evroga sotib oldi hamda "Atletiko" yarim himoyachisi Saul Nigesni ijaraga oldi.
Fikrlar