Pochettino: “Birinchi qadamni tashlash muhim edi”
16 fev 2022 08:35
Yangiliklar
Pochettino: “Birinchi qadamni tashlash muhim edi”
PSJ ustozi Maurisio Pochettino ECHL 1/8 finalida “Real” (1:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Juda xursandman. Jamoa juda zo'r o'ynadi. Umumiy olganda, “Real”dan yaxshiroq o'ynadik va g'alabaga haqli edik.
Oldinda esa yana bir uchrashuv bor, ammo birinchi qadamni tashlash muhim edi. Bu juda yaxshi bahs bo'ldi.
Ularning kombinacion o'yinini buzdik, yarim himoyachilarga bosim o'tkazdik. Ularni to'xtatish, to'pni iloji boricha ko'proq ushlab turishga ko'p harakat qildik. 90 daqiqa davomida o'yinni nazorat qildik va raqiblarga vaziyatlar yaratishlari uchun juda kam imkon berdik.
O'yinchilar bu natijaga munosib. Ularning istedodi qoyilmaqom darajada. Ammo 2-o'yinda diqqatni saqlab qolish kerak”, deydi Pochettino.
Fikrlar