Plyajchilarimiz Osiyo chempionatini g'alaba bilan boshlashdi
24 mar 2015 16:53
Yangiliklar

Plyajchilarimiz Osiyo chempionatini g'alaba bilan boshlashdi
Hozirgina plyaj, yani sohil futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan Osiyo chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini yakunladi.
BAA terma jamoasiga qarshi kechgan o'yinda Ahad Yusupov shogirdlari 6:5 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvda Jafar Irismetov xet-trikka erishdi.
O'zbekiston - BAA 6:5
Gollar: Jafar Irismetov 3ta, Toxir Abdurazzoqov, Sarvar Xolmurodov, Sarvar SHoahmedov
Etiborga molik jihati shundaki, shu paytgacha terma jamoamiz hali biror marta ham BAAni mag'lub etmagan edi. Aslida Yusupov shogirdlari kecha guruhning dastlabki o'yinida Falastin bilan uchrashishlari kerak edi. Lekin Falastin musobaqaga kelmagani uchun guruhda 3 ta jamoa pley-offga beriladigan ikki yo'llanma uchun bahs olib borishi oydinlashgandi.
Kecha o'tkazilgan guruhning ilk o'yinida BAA Iroqdan 7:5 hisobida ustun kelgandi. Demak, deyarli pley-off masalasi hal bo'ldi. Ertaga Iroq bilan kamida durang o'ynasak, guruh g'olibi sifatida chorak finalga yo'l olinadi.
Malumot o'rnida aytish joiz, Osiyo chempionatida sovrinli o'rinlarni band etgan terma jamoalar shu yili Portugaliyada o'tkaziladigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.

Fikrlar