Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Dubaydagi yig'inini yakunladi
12 noy 2014 11:21
Yangiliklar

Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Dubaydagi yig'inini yakunladi
Plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi BAAning Dubay shahridagi yig'inini yakunlab Toshkentga qaytib keldi.
Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi terma jamoa Dubayda 5 kun davomida yig'in o'tkazdi va bu yig'in davomida ikkita nazorat-o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.
Xabar berganimizdek, yig'in davomidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvi 9 noyabr kuni Dubayning Al Ahli klubiga qarshi o'tkazildi. Gollarga boy bo'lgan o'yin 8:6 hisobida O'zbekiston terma jamoasi g'alabasi bilan yakunlandi. Ahad Yusupov shogirdlari Dubaydagi ikkinchi nazorat o'yinini 10 noyabr kuni o'tkazdilar. Ushbu o'yin ham Al Ahli klubiga qarshi o'tkazildi. Takidlash joiz, ikkinchi o'yinda Al Ahli tarkibida Portugaliya terma jamoasining 4 nafar o'yinchisi to'p surdi. SHunga qaramay, gollarga boy uchrashuv O'zbekiston terma jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi - 5:4.
Eslatib o'tamiz, plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 15 noyabr kuni Tailandning Pxuket shahrida start oladidan plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlarida ishtiok etadi. Terma jamoa azolari Pxuketga 13 noyabr kuni uchib ketishadi.
Osiyo O'yinlarida ishtirok etadigan terma jamoa tarkibi haqida keyinroq malumot beriladi.

Fikrlar