Plyaj futboli. O'zbekistonlik hakam Jahon chempionati finalida ishlaydi
07 may 2017 14:25
Yangiliklar
Plyaj futboli. O'zbekistonlik hakam Jahon chempionati finalida ishlaydi
O'zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov Bagam orollarida davom etayotgan plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati hal qiluvchi uchrashuvida ishlaydi.
Baxtiyor Namozov ushbu mundialda guruh bosqichi doirasidagi Polsha - Braziliya (4:7) va Braziliya - Portugaliya (4:3) uchrashuvlarida hakamlik qildi. Bugun, 7 may kuni bo'lib o'tadigan Taiti va Braziliya o'rtasidagi final uchrashuvida ham aynan o'zbekistonlik hakam ishlaydi.
Malumot uchun, plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati 27 aprel kuni start oldi va unda 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etmoqda. Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionatida g'olib bo'lish bo'yicha Braziliya mutloq rekordchi hisoblanadi. Lotin Amerikasi jamoasi 13 marta chempionlikka erishgan. Portugaliya va Rossiya ikki martadan, Franciya esa bir marta g'olib bo'lishgan. Taitining eng yaxshi natijasi Jahon chempionati finalidagi ishtirok bo'lgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar