So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   0 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  3 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati tugadi. Eron – chempion! Yangiliklar

Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati tugadi. Eron – chempion!

OFKning yana bir musobaqasi, XI bor o'tkazilgan plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Mazkur turnir bu safar Tailandda tashkil etilib, 20-30 mart oralag'ida o'tkazildi. Musobaqa yakunlariga ko'ra, uchta jamoa plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Osiyo chempionatiga o'tgan yilning 19 dekabr kuni qura tashlangan bo'lib, 16 ta terma jamoa to'rttadan to'rt guruhga bo'lingandi. Guruh o'yinlari yakuniga ko'ra, ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oldi.

"A" guruhi: Tailand Livan, Kuvayt, Hindiston.

"B" guruhi: Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Iroq.

"C" guruhi: Eron, BAA, Indoneziya, Afg'oniston.

"D" guruhi: O'mon, Bahrayn, Malayziya, Vetnam.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, o'yinning asosiy vaqtida g'alaba qozngan jamoaga 3 ochko, qo'shimcha taymda yutgan jamoaga 2 ochko hamda penaltilar seriyasida zafar quchgan jamoaga 1 ochkodan berildi.

26-27 mart kunlari bo'lib o'tgan 1/4 final o'yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Tailand - Saudiya Arabistoni 3:4

Eron - Bahrayn 11:0

O'mon - BAA 7:2

Yaponiya - Livan 8:3

29 mart kuni 1/2 final uchrashuvlari o'tkazildi:

Saudiya Arabistoni - Eron 0:6

O'mon - Yaponiya 3:2

Va nihoyat kecha, 30 mart kuni musobaqaning 3-o'rin uchun bahsi hamda hal qiluvchi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

3-o'rin uchun bahs. Saudiya Arabistoni - Yaponiya 1:3

Final. Eron - O'mon 8:1

Albatta, musobaqaning kutilmagan sensaciyasi yarim finaldan o'rin olgan O'mon - Yaponiya uchrashuvida ro'y berdi. Bilamizki, Yaponiya terma jamoasi plyaj futboli bo'yicha kuchli o'yin namoyish etadi hamda bungacha uch marta (2009, 2011, 2019) Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan. Lekin ular kutilmaganda O'monga mag'lub bo'lib, finalga chiqa olishmadi.

O'z tarixida bir bor Osiyo chempioni bo'lgan (2015 yil) O'mon bu safar finalga chiqqani bilan juda kuchli Eronga 1:8 hisobida mag'lub bo'ldi. Shunday qilib, Eron milliy terma jamoasi 2013, 2017, 2023 yillardan so'ng 2025 yilda ham Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi va eng ko'p sovrin yutgan jamoaga aylandi. 

Final uchrashuvi yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Eron terma jamoasi darvozaboni Seedmahdi Mirjalili "Eng yaxshi darvozabon" deb topilgan bo'lsa, yana bir fors futbolchisi Ali Mirshekari "Musoaqaning eng yaxshi o'yinchisi" deb topildi.


Yakunda Eron, O'mon va Yaponiya plyaj ftuboli bo'yicha Jahon chempionatida ham ishtirok etadigan bo'ldi. FIFAning ushbu musobaqasi 1-11 may kunlari Seyshel orollarida bo'lib o'tadi. Jahon chempionatida ham 16 ta terma jamoa ishtirok etadi. Hozirgi paytga kelib barcha jamoalar malum bo'lib ulgurgan. 

OFK (3 ta o'rin) - Eron, Yaponiya, O'mon.

Afrika (mezbon + 2 ta o'rin) - Seyshel orollari, Mavritaniya, Senegal.

Shimoliy Amerika (2 ta o'rin) - El Salvador, Gvatemala. 

Janubiy Amerika (3 ta o'rin) - Braziliya, Paragvay, Chili.

Okeaniya (1 ta o'rin) - Taiti.

Evropa (4 ta o'rin) - Belarus, Italiya, Portugaliya, Ispaniya. 

Jahon chempionati qurasi tez orada tashlanishi malum qilingan. Mundial Adidas CNXT25 PRO BCH to'plarida o'ynaladi. Amaldagi jahon chempioni Braziliya terma jamoasi hisoblanadi.

"O'zbekiston terma jamoasi nima uchun plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatida qatnashmadi?", degan savolga bizda aniq javob yo'q. Faqat shuni aytishimiz mumkin, vakillarimiz 2013 yilgi qita birinchiligida ishtirok etib, guruhda Eron va BAAdan so'ng 3-o'rinni olishgandi. Yana shuni qo'shimcha qilishimiz mumkin, shu paytgacha plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati 11 marta o'tkazilgan bo'lsa, shundan 6 tasida O'zbekiston ishtirok etgan.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика