So’nggi yangiliklar

17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 17:30РПЛ. ЦСКА ва Файзуллаев Москвада "Оренбург"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  1 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  2 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  0 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  5 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  1 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0

Pleylistimizda "Despacito" qo'shig'i yoxud Kuperning ilk yig'ini tahlili Yangiliklar

Pleylistimizda "Despacito" qo'shig'i yoxud Kuperning ilk yig'ini tahlili

Ektor Kuperning O'zbekiston terma jamoasi boshqaruvidagi dastlabki yig'inini tahlil qilamiz.

Kuper terma jamoani 22 avgust kuni Toshkentdagi "City Palace" mehmonxonasida yig'di. Dastlabki kun mashg'ulotlarini legionerlar va Akmal SHorahmedov o'tkazib yubordi. Keyingi kuni esa Akmal SHorahmedov (23 avgust) yig'inga qo'shildi, SHerzod Azamov (23 avgust) esa jarohati tufayli lagerni tark etdi. SHundan so'ng asta-sekinlik bilan legionerlar tarkibga kelib qo'shilishdi. Dastlab (2 sentyabr) Otabek SHukurov, keyinchalik Eldor SHomurodov (3 sentyabr) etib kelishdi. Undan keyin esa Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov (4 sentyabr) Kuper ixtiyoriga keldi. Legionerlardan oxirgi bo'lib Sanjar Tursunov va SHohruh Gadoev Suriyaga qarshi o'yinning ertasiga (7 sentyabr) terma jamoa lageriga kelishdi.

Aytish kerakki, mashg'ulotlar har doim har xil maydon va stadionda o'tkazildi. Dastlab "Jar" stadionining asosiy maydonida yopiq eshiklar ostida shug'ullangan terma jamoa mashg'uloti kelasi kuni zaxira maydoniga ko'chdi. O'rtada esa "Paxtakor" va TTMI stadionlarida ham mashg'ulot o'tkazdi. Eronga qarshi o'yinoldi rasmiy mashg'ulot esa "Bunyodkor"da o'tkazildi. Kuper boshchiligidagi terma jamoamizning ilk yig'ini 21 kun davom etdi. Yig'in doirasida Suriya (1:1) va Eronga (0:1) qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik.

Kuper hozircha terma jamoamiz bilan g'alabaga erishgani yo'q. Durang bilan boshlangan ish, ikkinchi bahsda mag'lubiyatga aylandi. SHuni aytish kerakki, o'rtoqlik o'yinlaridagi natija ahamiyat jihatidan eng oxirgi o'rinda turadi. O'rtoqlik uchrashuvlarida natija faqat bir jihat bo'yicha kerak. Yani FIFA reytingidagi ochkolar va o'rnimiz. O'rtoqlik o'yinlaridagi qolgan barcha jihatlar murabbiylar uchun xizmat qiluvchi aslida. Muhimi, Kuper o'tkazilgan o'yinlardan to'g'ri xulosa chiqarmog'i lozim.


Kuperning uslubi haqida o'tgan maqolamda batafsilroq to'xtalgandim. Hozir buni takrorlamoqchi emasman. SHunchaki bir narsani etiborga olish lozim. Kuper tajribali va avvalgi top murabbiylar elitasiga mansub mutaxassis. Hozirgi zamonaviy futbolda kuzatilayotgan taktik rang-baranglik, hujumkor yoki to'p nazoratiga asoslangan futbol unga begona.


Kuper hozirgi zamon futboliga eskicha qarash bilan yondoshadi. Uning o'z taktikasi va uslubi bor. Kuper futbolchilarga qarab taktika tuzadigan mutaxassis emas, aksincha, o'z taktikasi va uslubidan kelib chiqib futbolchilarni tanlaydigan murabbiy. Kuperdan uslubini yoki jamoa taktikasini o'zgartirishni so'rashdan mano yo'q. CHunki Kuper bu ishga qo'l urmaydi. Bu xuddi Mourinyudan Gvardiola qo'llayotgan uslubni talab qilish yoki aksincha, Pepdan Joze kabi "avtobus" uslubidan foydalanishni kutishdek gap.



Men O'zbekiston terma jamoasi himoyadan o'yinni qurishi kerak, degan fikrni ilgari surishdan yiroqman. Ammo Kuperning uslubi va taktikasidan kelib chiqib, undan aynan shu uslubni takomillashtirishni va jamoaviy o'yinni shakllantirishni kutaman. Kuperning o'yin falsafasi mudofaa chizig'ini ehtiyot qilish.


Eng yaxshi himoya - hujum, degan iborani Kuper xushlamaydi. Janob Ektor Kuper uchun hujumni himoyadan boshlash maqul variant. Murabbiydan uslubni yoki taktikani o'zgartirishni talab qilish noo'rin, menimcha. Hamma o'z bilganicha va o'zi to'g'ri deya hisoblagan yo'ldan yuradi. Jurnalist, muxlislar va rahbariyat murabbiydan faqat natijani talab qilishga haqli. Jamoani qanday, qay ko'rinishda o'ynatish esa Kuperning istagi va xoxishiga bog'liq.



SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, O'zbekiston terma jamoasi o'yinida balans, yani muvozanat tiklanishini kutamiz. Himoya hamda hujum o'rtasida balans vujudga kelsagina, Kuper o'ylayotgan o'yin va bu orqali natijaga erishish mumkin. Avval yozganimdek, ko'p narsa Kuper buni qanchalik uddalashi va o'z qarashlarini futbolchilarga qay tariqa tushuntira olishiga bog'liq. Bu esa endi janob Kuperning muammosi. Muhimi, Kuper xohlayotgan metin himoya qurishni uddalashimizga biz yoki murabbiy emas, avvalo futbolchilar ishonishlari lozim. Murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi katta ishonch hamda hamjihatlik bo'lsagina - Kuper uslubi muvaffaqiyat keltirishi mumkin.


Ektor Kuperga haqiqiy bahoni esa qishda beramiz. Aynan qishda bo'ladigan Osiyo Kubogida ko'p narsa malum bo'ladi. CHunki Kuper istayotgan va qo'llayotgan taktika natija keltirishi uchun yillar kerak emas. CHunki natijaga erishishning eng oson yo'li, bu himoyadan o'yin qurish. Himoyadan o'ynash - natijani o'ylashni anglatadi. Kuper avvalo xavfsizlikni o'ylamoqdami, demak Osiyo kubogida natija ko'rsatmoqchi. Bu bizga to'g'ri keladimi yoki yo'q, hammasiga BAAda o'tadigan Osiyo kubogi yaxshigina javob berishi lozim.


SHuni ham qayd etish kerakki, Kuperning dastlabki yig'iniga jalb etilgan futbolchilarni argentinalik murabbiy tanlamagan, aksincha O'FA xodimlarining tavsiya va terma jamoaning oxirgi yillardagi yig'inlariga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatidan kelib chiqib tuzilgan short-list. Ochig'ini tan olish kerak, Kuper bizning futbolchilarni yaqindan tanimaydi. Terma jamoa yig'iniga kelgan futbolchilar bilan shaxsan tanishib, ularni bilib olgan bo'lishi mumkin. Ammo ularni futbolchi sifatida nimalarga qodirligi haqida tasavvurga ega emas. Terma jamoaga futbolchi jalb etish bu shunchaki qandaydir bo'lim yoki O'zbekiston chempionati haqida chuqur tasavvurga ega bo'lmagan mutaxassislar qo'liga qolmasligi lozim. Kuperga avvalo O'zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan futbolchilar haqida batafsil va keng malumot beradigan mutaxassisni topshirish kerak. Hamma ishni o'zining mutaxassisi qilgani maqul.


Ko'pchilik terma jamoamizda avlodlar almashuvini o'tkazishni, bosh jamoamizni qishda yoshlar terma jamoasi safida qita chempioni bo'lgan futbolchilar bilan to'ldirishni, masuliyatni ularga yuklashni istashmoqda. Guyoki ular bilan Kuper hujumkor futbol namoyish etadigandek. Kuperni taktikasi va uslubida qitada chempion bo'lgan yoshlarimiz boshqacha o'ynashlarini kutish g'alati. CHunki futbolchilar Kuperning ko'rsatmasi va talabi bilan taktikaga qati amal qilishmoqda. Kuper qisqa va lo'nda qilib tushuntirdi, terma jamoada uning kriteriyasiga javob beradigan istalgan futbolchi o'ynashi mumkin. Uning yoshi yoki tajribasi katta ahamiyat kasb etmaydi. Muhimi, o'sha paytdagi optimal sport formasi va jismoniy holatiga ko'p narsa bog'liq.



Bu degani Kuper terma jamoamizni yangilashni yoki jamoani qaytadan yoshlar orqali tuzmoqchi emasligini anglatadi. Albatta, yoshlar terma jamoamizda o'ynagan bazi futbolchilar terma jamoaga darajasiga tortadi. Ammo hammasi ham bu darajada o'ynab ketishiga kafolat yo'q. Turli yoshdagi musobaqalar va milliy terma jamoa o'rtasidagi farq va daraja umuman boshqa-boshqa. Yoshlar terma jamoamizdan ham Kuper taktikasiga mos tushuvchi futbolchilargina Osiyo kubogiga borishadi.

SHu boisdan ham yangisini katta maydonda ko'rmasdan turiboq eskisiga keskin fikrlarni bildirish yoki  yakuniy bahoni bermaslik lozim.

Buyog'iga Kuper aytganidek, qishgacha sabr qilib "Despacito" qo'shig'ini tinglab turamiz...

Muallif :
Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика