So’nggi yangiliklar

09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  4 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1

Piter Xyuistra: "Suyunov bilan muammo yo'q. Derdiyok klubni tark etdi" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Suyunov bilan muammo yo'q. Derdiyok klubni tark etdi"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun o'yinni yaxshi boshladik, birinchi taymda uni to'liq nazorat qildik. "So'g'diyona"da birinchi taymdagi uzoqdan darvoza to'sinini nishonga olganini hisobga olmasak boshqa vaziyat bo'lmadi, bizda esa ikkita juda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Ikkinchi taymda ham juda katta imkoniyat bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Yaqqol golli vaziyatlarni ko'p yarata olmadik. Hujumdan qoniqmadim. Bugun yosh futbolchilar kuchli raqib bilan o'yinda o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. "So'g'diyona"ni ham munosib baholash kerak, ular Superligada ikkinchi o'rindagi jamoa, ularni mag'lub etish ancha qiyin", - dedi Piter Xyuistra.

- Jamoaning CHeranga bog'lanib qolgani sezildi...

- Ha, CHeran jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri. Usiz hujumlarimiz yaxshi chiqmadi, keyingi o'yinga u qaytadi. Yosh futbolchilar hujumda harakat qilishdi, ammo keskin vaziyatlar kam bo'lgani rost.

- Eldorbek Suyunov va Piter Xyuistra o'rtasida qandaydir muammo bormi?
- Suyunov bilan hech qanday muammo yo'q, u mavsum boshida tizzasidan jarohat oldi va uni davoladi. Professional tarzda mashg'ulotlarda ishlamoqda. Ammo darvozabonlarni almashtirish anchagina qiyin. Quvvatov hozir juda yaxshi o'ynamoqda va terma jamoada aynan u darvozani qo'riqladi. Suyunov hozir zaxirada o'tiribdi va maydonga tushishga tayyor.

- Derdiyok jamoadan ketdimi?
- Ha, Eren Derdiyok shartnomasi bilan bog'liq muammo chiqqani uchun klubni tark etdi.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика