So’nggi yangiliklar

14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13

Piter Xyuistra: "Raqibdan bir futbolchi o'yin taqdirini hal qildi" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Raqibdan bir futbolchi o'yin taqdirini hal qildi"

Tunda OCHL-2021 guruh bosqichi 3-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi "SHarja" bilan bahs olib bordi.

Afsuski, "sherlar" amirliklarga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

"Biz uchun yomon natija. Raqibdan bir futbolchi o'yin taqdirini hal qildi. Kayo barcha ishni bajarib berdi. Endi keyingi bahs haqida o'ylashimiz kerak. Guruhdagi holatimiz juda yomonlashdi. Endi faqat g'alabalar bizga yordam berishi mumkin.

Yuqori saviyali futbolchilar ketishi tasir qiladi. Bellashuvni hal qiladigan o'yinchilarning o'rnini to'ldirish qiyin. Bizda Masharipov yo'q, endi yoshlarni o'stirishga intilamiz. Ular shunday o'yinlarda o'sib borishadi. O'z kuchimizga ishonib, navbatdagi bahsga tetik holda hozirlik ko'rishimiz zarur.

Rashidovning holatini to'liqroq endi bilib olamiz. Umid qilamanki, u hali bizga yordam beradi.

"SHarja" guruhda juda yaxshi holatda. Lekin jamoalar deyarli yaqin saviyada va hali barcha narsa o'zgarib ketishi mumkin", - dedi Xyuistra.


Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar to'rtinchi turda yana bir-birlariga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv 23 aprel sanasida bo'lib o'tadi, o'yinning boshlanish vaqti 23:00.

OCHL-2021 guruhlardagi holat >>>>> OCHL-2021

Reyting: -75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика