So’nggi yangiliklar

15:50Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  0 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  0 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  1 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  14 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  9 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  16 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3

Matbuot anjumani. Piter Xyuistra: "Paxtakor" pley-off bosqichiga tayyor" Yangiliklar

Matbuot anjumani. Piter Xyuistra: "Paxtakor" pley-off bosqichiga tayyor"

Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Paxtakor" - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Piter Xyuistra va Anzur Ismoilov ishtirok etishdi.

- Ertangi bahsga qanday tayyorgarlik ko'rildi?
Piter Xyuistra: - Guruh bosqichini yakunladik, keyingi bosqich bitta o'yindan iborat bo'ladi. Biz bunga tayyormiz. Barchasini o'yin ko'rsatib beradi.

- SHota Arveladzening holati qanday?

Piter Xyuistra: - Baxtimizga u o'zini yaxshi his qilmoqda. U izolyaciyada. O'tgan o'yinni tahlil qildik va navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Barchasi yaxshi bo'lishiga ishonamiz. SHota dastlabki kunlari biroz o'zini yomon his qildi, hozirda esa barchasi ortda qoldi va yosh hamda ishga chanqoq.

- Futbolchilarning barchasi ertangi bahsga tayyormi?

Piter Xyuistra: - Komilov ikkita sariq kartochka tufayli ertaga maydonga tusha olmaydi. Qolgan barcha futbolchilar o'yinga tayyor.

- Ertaga sizni "Istiqlol", jismonan kuchli bo'lgan jamoaga qarshi o'ynaysizlar. Bu o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rdinglar?
Anzur Ismoilov:
- Guruhdan chiqqanimizdan xursandmiz. Bizni oldinda og'ir o'yinlar va haqiqiy kurash kutmoqda. Muxlislar va ko'plab insonlar “Paxtakor”dan g'alaba g'alaba kutishmoqda. Maqsadimiz faqat g'alaba qozonish. Raqibni yaxshi bilamiz, o'rganib chiqdik. Bizga qiyin bo'ladi. G'alaba qozonishimiz kerakligini tushunib turibmiz. Jamoamiz ertangi o'yinga tayyor. Maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz.

Piter Xyuistra: - "Paxtakor" jismonan kuchsiz deb o'ylamanglar. Biz ham ikki yildan buyon bu borada mehnat qilyapmiz. Bu borada o'zimizga ishonch katta



- Siz matbuot anjumanida o'zingizga juda ham ishonch bilan o'tiribsiz. Futbolchilar ham o'zlariga ishonishyaptimi?
Piter Xyuistra: - Ha biz o'zimizga ishonamiz. Bu yigitlar bilan har kuni birga ishlayman va ularning imkoniyatini yaxshi bilaman.

- "Istiqlol" so'nggi o'yinlarda ikkinchi qavatda ustunlikka ega bo'lib gollar urmoqda. Markaziy himoyachi sifatida siz va Egor Krimec bunga alohida tayyorgarlik ko'rayapsizlarmi?
Anzur Ismoilov
: - To'g'ri, raqib safida ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydigan futbolchilar bor. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Jamoamizdagi futbolchilar bir-birini yaxshi tushunadi.



- "Paxtakor" 10 yil deganda ilk bora guruhdan chiqishga erishdi. SHuncha vaqt nima uchun guruhdan chiqa olmagan deb o'ylaysiz? O'zbekiston terma jamoasi va klublari nima uchun xalqaro musobaqalarda g'olib bo'la olmayapti?
Piter Xyuistra: - Oxirgi yillarni qarasangiz bizda pasayish bo'ldi. Lekin ikki yil oldin O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempioni bo'lgandi. O'sha jamoaning ko'plab azolari hozir "Paxtakor"da o'ynashmoqda. O'sha musobaqadan keyin futbolchilar yanada kuchayishdi. Bu futbolchilar yangi davrni boshlab berishmoqda. Dastlabki maqsadimiz guruhdan chiqish edi, bu vazifa uddalandi. Endi navbatdagi raqibni mag'lub etishni istaymiz.

- "Paxtakor" 10 yil degandi guruhdan chiqdi. O'sha tarkibda siz ham bor edingiz. Ichingizdan qandaydir hissiyotlar o'tdimi?
Anzur Ismoilov: -
Albatta, 10 yil oldin tarkibda edim. Men ham, jamoa ham yosh edi. Hozir ancha vaqt o'tdi. Bu men uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin. Ayni paytda men ham, klub ham ancha tajribali.


Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика