So’nggi yangiliklar

21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  0 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  6 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10

Piter Xyuistra: "O'sishga urinishimiz zarur" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "O'sishga urinishimiz zarur"

"Paxtakor" bosh murabbiyi yangi mavsumga tayyorgarlik, transferlar, akademiya va murabbiylar shtabi xususida fikr bildirdi.

- Safimizga Temirov, Rashidov, Turg'unboev va Muhiddinovni qo'shib oldik, bu o'tishlardan xursandman, tarkibni bir qator o'yinchilar bilan to'ldirdik.

"Paxtakor" O'zbekistondagi eng yaxshi akademiyalardan biriga ega. Ko'plab yosh iqtidorlar bor. Ularni ko'rish va qo'llab-quvvatlashdan xursandman. Professional futbolga o'tishda ularga yordam beraman. Yoshlar murabbiylari juda yaxshi ishlashmoqda. Futbolchilar o'sishi uchun yaxshi mashg'ulotlar o'tkazishadi. Tarbiyalanuvchilarni asosiy jamoa mashg'ulotlarida ko'rish yoqimli. Umid qilamanki, kelajakda asosiy jamoada o'ynashni boshlashadi.

Hali transfer oynasi yopilmadi va istalgan holat ro'y berishi mumkin. Hozir futbolchilarning mehnati va ishtiyoqidan qoniqyapman. Yosh o'yinchilar o'zlarini yangi kuch bilan ko'rsatishlari mumkin.

Mavsumni hozirdan taxmin qilish mushkul. Boshqa jamoalar qishki tanaffusdan qanday chiqishi, qanday ishlaganini bilmaymiz. 5-6 turdan keyin jamoalarga qarash qiziq bo'ladi. Qaysi klub o'sgani, kim raqobatbardosh bo'lishini ayta olamiz. Biz amaldagi chempionlarmiz. Yana yuqori saviyada o'ynashga ishonch hosil qilishimiz kerak. Raqiblarni hurmat qilamiz. O'sishga urinishimiz zarur. Hamma mavsumni bir xil ochko bilan boshlaydi, ochkolar to'plashimiz kerak. Bu katta mehnat va kuch talab qiladi. Futbolchilarga, o'yin uslubimiz va muxlislarga ishonaman. Har bir mavsum yangi va unga tayyor bo'lishimiz lozim.

Jamoa o'sib bormoqda. Jismonan yaxshi, kuchli jamoaga ega bo'lishimiz kerak. Maydonda nima qilishni bilishimiz darkor, buning uchun ko'p mehnat qilish shart va buni amalga oshiryapmiz. Biz mavsumni endi boshlaymiz. Hozircha qilayotgan ishlarimizdan ko'nglim to'ldi.

Mirko Elichich murabbiylar shtabini to'ldirdi. Bu biz uchun juda yaxshi. Gocha Tkebuchava va Laslo Yambor ishlashda davom etmoqda. Anvar Rashidov darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlayapti. Ular katta tajribaga ega, juda yaxshi mehnat qilishmoqda. O'yinchilar bilan samarali ishlay olishadi. Murabbiylar shtabida bunday mutaxassislar borligidan xursandman.





Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика