Piter Xyuistra: "Olimpik" - yoqimli jamoa"
20 okt 2021 18:44
Yangiliklar
Piter Xyuistra: "Olimpik" - yoqimli jamoa"
O'zbekiston Kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Olimpik" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi 10-15 daqiqada o'yinga kirishishimiz qiyin kechdi, keyinroq maydonga moslashdik va o'yinga moslashdik. Bugun asosan maydonga kurash kechdi, o'yinni nazorat qilishga o'tdik va ikkinchi taymda Abror Ismoilov chiroyli gol urdi. Bundan tashqari Sanjar Quvvatov ham uchrashuv oxirida juda yaxshi seyv namoyish qildi.
"Olimpik" yaxshi jamoa, yoqimli jamoa desa ham bo'ladi. Ular kurashishga harakat qilishdi, yosh futbolchilar ham o'sishadi. Yaqinda Toshkentda boshlanadigan saralash bahslarida "Olimpik" futbolchilariga omad tilayman", - deydi Piter Xyuistra.
Fikrlar