Piter Xyuistra: "Masharipovning maoshini to'lab, qaytarib olsak zo'r bo'lardi"
27 iyu 2021 22:40
Yangiliklar
Piter Xyuistra: "Masharipovning maoshini to'lab, qaytarib olsak zo'r bo'lardi"
"O'yinni yaxshi boshladik. Tezkor gol ishimizni ancha osonlashtirdi. Birinchi bo'limda ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Lekin bitta to'p kirita oldik. Tezkor gol ishonch berdi. Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar ham o'yinni xotirjam nazorat qildi. Barcha futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Bugungi g'alabadan ko'nglim to'ldi", - deydi Piter Xyuistra.
- SHerzod Temirovda hujumchiga hos hislatlar qanchalik shakllanmoqda?
- Jamoada yaqqol hujumchi yo'qligi bois SHerzod Temirovni o'ynatmoqdamiz. To'pni qabul qilib olishda to'g'ri poziciyada o'ynay oladi. U xali rivojlanishi kerak. Oldinda nima bo'lishini ko'ramiz.
- Jaloliddin Masharipov agar "Paxtakor" etarli sharoit yaratib bersa ertaga qaytishga tayyorman, dedi. Jaloliddin Masharipov jamoaga kerakmi?
- U zo'r futbolchi. Maoshini to'lab, qaytarib olsak yaxshi bo'lardi. Lekin hozirda Jalol "Al Nassr" futbolchisi. Menimcha, o'z jamoasida o'ynasa kerak. Sobiq futbolchilarni do'stlarini ko'rganini kelib qo'llab-quvvatlashi yaxshi holat. Uning keyingi faoliyatiga omad tilayman.
Fikrlar