So’nggi yangiliklar

09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  9 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  6 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  8 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0

Piter Xyuistra: "G'alaba bilan imkoniyatimizni yaxshilab olishni xohlaymiz" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "G'alaba bilan imkoniyatimizni yaxshilab olishni xohlaymiz"

"Eyr Fors" - "Paxtakor" o'yinidan oldin matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistraga himoyachi Anzur Ismoilov hamrohlik qildi.

Xyuistra: - "Eyr Fors" bilan bellashuvga yaxshi hozirlik ko'ryapmiz. O'yin qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman. Raqibimiz yaxshi jamoa, yuqori saviyadagi futbolchilari bor. "SHarja"ga qarshi ular juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Keyingi bosqichga chiqish uchun ertangi bahsda g'alaba imkoniyatimizni yaxshilaydi.

Ikki yil oldin "Eyr Fors" bilan pley-off bosqichida o'ynagandik. Bu jamoa safida bazi o'zgarishlar bo'lgan. Jamoada qolgan futbolchilari ham bor. O'shanda bir uchrashuvdan iborat to'qnashuv edi. Bor kuchni o'sha o'yinga tashlash mumkin edi. Hozir esa boshqacha holat. Guruhda jami olti bellashuv o'ynaladi.

Zaxiradan tushirilgan futbolchilarning foydali o'ynagani juda yaxshi. Bizda bahsni o'zgartirish uchun imkoniyat bo'lishi quvonarli. Toshkentdagi salqinroq havodan keyin bu erda issiq havoda futbol o'ynayapmiz. Bunday sharoitda besh almashtirish imkoniyatiga ega bo'lish yoqimli. Qaysi futbolchilar boshlang'ich tarkibda tushishini keyinroq hal qilaman.

Ismoilov: Biz o'yinga jiddiy hozirlik ko'rmoqdamiz. Ertaga o'zimiz xohlagandek hujumkor futbol ko'rsatib, g'alabaga erishishni istaymiz. Raqib kuchli, ularni hurmat qilamiz. Ammo yigitlar bilan yutuq orqali imkoniyatimizni yaxshilab, muxlislarni xursand qilishga urinamiz.

Musobaqada ko'plab o'yinlar o'tkazganman. Navbatdagi o'yinlar uchun jamoaviy birdam bo'lib, mashg'ulotlarda ter to'kishda davom etib, jipslashgan holda harakat qilishimiz kerak. O'zimizga ishonib, bir-birimizni qo'llab quvvatlashimiz zarur.



Al Quwa Al Jawiya

AFC Champions League Grp. B . 2-tur

17/04/2021, 21:00

0
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

45'
90'
67'  Hussain Jabar (Shareef Abdulkadhim)
79'  Karar Nabeel (Ali Muhsen)
79'  Louai El Ani (Hammadi Ahmad)
82'  Maytham Jabbar
90'  Mohammed Ali Abboud (Ehsan Haddad)
40'  Sardor Rashidov
45'  Abrorbek Ismoilov
64'  Eren Derdiyok (Diyor Kholmatov)
64'  Abrorbek Ismoilov (Sharof Mukhiddinov)
79'  Sardor Rashidov (Sherzod Temirov)
90'  Farrukh Sayfiev (Sherzod Azamov)

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика