So’nggi yangiliklar

11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  4 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  12

Piter Xyuistra: "Futbolda bitta golga ham, to'rtta golga ham uch ochko beriladi. Srechko Katanec ikki bor mashg'ulotimizni kuzatdi" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Futbolda bitta golga ham, to'rtta golga ham uch ochko beriladi. Srechko Katanec ikki bor mashg'ulotimizni kuzatdi"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - AGMK (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun oldingi o'yinlarga nisbatan yaxshiroq to'p tepdik. Kuchli raqibga qarshi futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi. Katta ishtiyoq ko'rsatishdi. Ular yana harakatlariga qo'sha olishadi. Mazkur g'alaba chempionlik sari qo'yilgan katta qadam hisoblanadi",- deydi Piter Xyuistra. 

- "Paxtakor" ketma-ket beshinchi o'yinni 1:0 hisobida yakunlamoqda. Avvalgi o'yinlarda bitta goldan so'ng boshqa hujumga o'tmayotgandi. Bugun esa buning aksini ko'rdik...
- Futbolchilar kuchli raqibga o'zlarini ko'rsatish uchun ham boshqacha ishtiyoq bilan to'p tepishadi. Bu ko'proq ruhiy tomonga bog'liq. Yaxshi saviyadagi futbolchilar doim bunday raqiblar bilan bahslarda harakatlarini kuchaytirishadi.

 

- Jamoa o'tgan yilgiga qaraganda zerikarliroq o'ynamoqda. Kam gol uryapti. Bu borada nima deya olasiz?
- Futbolda bitta golga ham, to'rtta golga ham uch ochko beriladi. Men taqqoslamagan bo'lardim. Eng muhimi g'alaba. Hozirga kelib biz eng yaqin taqibchimizni 14 ochkoga ortda qoldirdik. Har doim ham bir xil o'ynashning iloji yo'q. Futbolchilar ham inson. Yuqoriga ko'tarilish yoki pasayish bo'ladigan holat. Muxlislarning yo'qligi ham futbolga tasir qiladi. O'yinchilar boshqacha to'p tepadi. Tez orada kasallik kamayishini, ishqibozlar stadionlarga qaytishlarini istayman. 

- SHerzod Azamov bir necha yillardan beri barqaror o'ynab kelmoqda. Uning terma jamoaga chaqirilmagani sizni tashvishlantiradimi?
- SHerzod eng yaxshi ko'rgan futbolchilarimdan biri. Bizning o'yin falsafamizga to'liq mos tushadi. Juda ko'p himoyachilar to'pni oldinga tepib yuboradi. SHerzod esa aql bilan qaror chiqaradi. Pozicion hujumlarni yaxshi boshlay oladi. U bitta xato qilsa ham o'zini yo'qotib qo'ymaydi. Endi har bir murabbiyning o'z qarashlari bor. Balki Srechko Katanec terma jamoaga chaqirar. U ikki bor o'yinimizni, mashg'ulotlarimizni kuzatdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика