So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Piter Xyuistra chempionlikdan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Piter Xyuistra chempionlikdan so'ng nimalar dedi?

"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Piter Xyuistra chempionlikni nishonlash marosimining o'zida bazi savollarga javob berdi.

-Bu mavsum qanday kechdi? Avvalgi mavsumlardan qiyinroq kechdimi?

-Albatta, har bir mavsum boshqasidan farq qiladi. Bu mavsum boshi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli juda og'ir kechdi. Biz barchasini juda yosh jamoa bilan boshlashimiz kerak edi. Jamoadagi hamma juda qattiq mehnat qildi va shu sabab ham biz juda ko'p o'yinlarda g'alaba qozondik. Mana bugun bu mehnatlar uchun taqdirlanyapmiz. Bugungi, chempionlik nishonlangan o'yinda ham chempion qanday bo'lishi kerak ekanligi ko'rsatib qo'ydik.

-Keyingi rejalar qanday? Klubda qolishni rejalashtiryapsizmi?

-Ko'ramiz. Bu erda menga juda ko'p narsa maqul keldi, jamoa ham ajoyib. Keyingi haftalarda biz bor etiborni kubokga qaratamiz. SHundan so'ng, kelajak haqida biror qarorga kelamiz. Umuman olganda bor etiborimni hozirda "Paxtakor"ga qaratganman. Biz keyingi mavsum uchun rejalar, mashg'ulotlar lageri, o'yinchilar haqida bosh qotiryapmiz.

-Jamoani yanada kuchaytirish haqida o'ylayapmizmi? 

-Biz keyingi haftalarda aynan shu masalalarni muhokama qilishimiz kerak. Murabbiy sifatida siz har doim klubingizni kuchaytirishni xohlaysiz. OCHLda esa hammanining o'z ambiciyalari bo'ladi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика