So’nggi yangiliklar

14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  1 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8

Piter Xyuistra: "Bizni "SHarja" bilan ikki qiziqarli o'yin kutmoqda" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Bizni "SHarja" bilan ikki qiziqarli o'yin kutmoqda"

Teglar :  "Paxtakor"
"SHarja" - "Paxtakor" o'yinidan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiyi Piter Xyuistra va yarim himoyachi Sardor Rashidov ishtirok etdi.

Xyuistra: - Bizni uch kun ichida "SHarja" bilan o'tadigan ikki o'yin kutmoqda. Bunday qisqa muddatda bir raqib bilan to'qnash kelishni o'ziga xos holat deb aytish mumkin. Jamoalar uchun qiziqarli to'qnashuv bo'ladi. Biz o'yinga yaxshi tayyorlanyapmiz. Raqibning avvalgi bellashuvlarini tahlil qilib chiqdik. G'alaba uchun maydonga tushamiz.

"SHarja" guruhda to'rt ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. SHu sababli bu jamoani uchrashuvdan avval ustunlikka ega deb hisoblayman. Ularda yaxshi jamoa shakllangan, saviyali futbolchilari bor.

Jamoalar uchun haqiqiy sinov to'rtinchi o'yindan boshlanadi. Futbolchilarning jismoniy holatini tetik holda saqlash, ruhiy tayyorgarligi ustida ishlash oson bo'lmaydi. SHuning uchun butun jamoa, murabbiylar shtabi uchun qiziq davr. Ramazon oyi ekani sababli jamoani tetik ushlab turishda ko'p ishlash kerak.


Rashidov: - Ertaga qiziqarli futbol bo'ladi. "SHarja" yaxshi jamoa, lekin biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Yutuq bilan guruhda peshqadamga aylanib olishni xohlaymiz. Bu bellashuv deyarli olti ochkolik to'qnashuvga aylanadi. Maqsadimiz faqat g'alaba.

"Jazira"da o'ynagan paytim "SHarja" kuchayib, chempionga aylangandi. Lekin endi "Paxtakor"da o'ynayapman. Bu CHempionlar Ligasi, umuman boshqa musobaqa. Biz o'zbek futbolining kuchini ko'rsatishni istaymiz. Jamoadoshlarim bilan bor kuchimizni bergan holda yutuqqa erishishni istaymiz.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика