Piter Xyuistra: "Andijon" ochko bilan qaytishi ham mumkin edi"
24 iyu 2021 10:33
Yangiliklar
Piter Xyuistra: "Andijon" ochko bilan qaytishi ham mumkin edi"
"O'yinni yaxshi boshladik. Gol urilgunga qadar tez harakat qildik, chiroyli hujumdan to'p kiritdik. Biroq keyin o'yinimiz sustlashib ketdi. Suratni oshirish uchun o'zgarishlar qildik, ammo bu samara bermadi. O'z navbatida raqib oxirigacha o'ynagani, bizga muammo yaratganiga olqishlab qo'yishni istardim. Ular ochko bilan qaytishlari ham mumkin edi. Bunday qiyin bahslar mavsum davomida uchrab turadi. SHunday og'ir bellashuvda g'alaba qozonganimiz juda muhim. Taqibchilar bilan oradagi farqni oshirib oldik.
Futbolchilar va jamoa doim yuqori holatda bo'lavermaydi. Bazan yuqoriga chiqish, pastga tushish kuzatiladi. Ishlashda davom etamiz va o'z o'yinimizni ko'rsatishga intilamiz", - deydi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Superliga 6-tur doirasidagi qoldirilgan o'yinda "sherlar" "Andijon"ni minimal (1:0) hisobda taslim etishdi.
Fikrlar