Piter SHilton: “Men Maradonani qo'l bilan gol urgani uchun ayblamayman”
02 iyu 2014 17:42
Yangiliklar
Piter SHilton: “Men Maradonani qo'l bilan gol urgani uchun ayblamayman”
Piter SHilton Angliya futbolidagi eng kuchli darvozabonlardan biri hisoblanadi.
U faoliyati davomida terma jamoada 19 yil ichida 125ta o'yin o'tkazgan, klubi “Nottingem Forest” safida esa 1000dan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan.
1986 yilgi jahon chempionatida Argentina Angliya bilan to'qnash kelgan va o'sha uchrashuvda Diego Maradona aynan SHilton qo'riqlagan darvozaga qo'li bilan gol urgandi. Yoshi katta muxlislar o'sha golni haligacha eslab yurishadi. Yaqinda evropalik hamkasblarimiz sobiq darvozabondan intervyu olib, o'sha gol xususida so'rashdi.
- Siz birinchi bor jahon chempionatida 1982 yil qatnashgansiz. O'sha musobaqadan qanday xotiralar qolgan?
- Ajoyib xotiralar qolgan, chunki biz beshta o'yinda atigi bitta to'p o'tkazgandik. Qolaversa, mag'lubiyatga uchramay uyga qaytganmiz. Umuman olganda men uchun har bir jahon chempionati qiziqarli kechgan.
- 1986 yilgi mundialda Maradonaning qo'l bilan urgan goli jahon futboli saviyasiga o'z tasirini o'tkazganmi?
- Men bunday deb o'ylamayman. CHunki Maradonani hamma bilar va hurmat qilardi. U o'z paytida juda kuchli futbolchi bo'lgan. Men Maradona haqida hech qachon yomon gap aytmaganman. Qolaversa, uni qo'l bilan to'p kiritgani uchun ayblamayman ham.
- O'sha gol qanday yuz berganini tasvirlab bersangiz?
- Maradona gol urish uchun qulay vaziyatga chiqib bordi. U to'pga eta olmasligini bilgandi va shu zahoti to'pni qo'li bilan o'ynadi. O'shanda hisob hali 0:0 edi. Maradonaning golidan keyin argentinaliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. To'pni urib yuborish maqsadida men ham oldinga chiqdim, lekin Maradona abjirlik qilib qoldi. Voqea shunday tez yuz berdiki, dastavval nima bo'lganini tushunmay qoldim. Keyin qarasam, hakam golni hisoblabdi. O'shanda hammamiz aldanganimizni his qilgandik.
- O'yinda keyin Maradona bilan bahslashib qolganingiz rostmi?
- Bo'lar ish bo'lgandi. To'g'ri, qizishib ketib u bilan tortishib qolganim rost. O'shanda Maradona bir og'iz “Kechirasan, men bunday qilmoqchi emasdim, hakam to'p qo'limga tekkanini ko'rmay qoldi” deganida olam guliston edi. Lekin u indamay o'tib ketdi. Mana shu narsa jahlimni chiqargandi. Lekin keyinchalik Gari Lineker oldimga kelib, ayyor futbolchilar doim shunaqa o'ynashini aytganida sal o'zimni bosib oldim. O'shanda barcha ayb hakamlarda bo'lgan, Maradonada emas. Hujumchi qanday qilib bo'lmasin gol urishi kerak. Golni hisobga olish-olmaslik hakamning hisoblanadi. SHuning uchun ham men Maradonani ayblamayman.
- Braziliyadagi jahon birinchiligida Angliyaning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Juda yaxshi imkoniyatga egamiz. Menimcha, Roy Xojson ajoyib jamoani tuza oldi. Bizda yosh futbolchilar ko'p va ulardan ko'p narsa kutsa bo'ladi. Faqat muammo shundaki, Janubiy Amerika iqlimiga moslashish inglizlar uchun oson kechmaydi.
- Angliya joy olgan guruhda Italiya, Urugvay va Kosta-Rika bor. Bu haqda nima deya olasiz?
- Bu erda ko'p narsa birinchi o'yinga bog'liq. Dastlabki raqib esa Italiya. Italiya odatda boshini sekin boshlaydi, keyin birdaniga tezlashib ketadi. Qani ko'ramiz, bu safar nima bo'larkin.
- Bu musobaqada qaysi darvozabonni kuzatmoqchisiz?
- Men har doim Janluiji Buffonning ixlosmandi bo'lib kelganman. Uni juda hurmat qilaman. Bundan tashqari, CHili termasi posboni Klaudio Bravoni ham kuzatmoqchiman.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar