So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  2 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Piter Odemvinje: Angliyada qolganim sababi - qizcham va APL Yangiliklar

Piter Odemvinje: Angliyada qolganim sababi - qizcham va APL

Toshkentda tug'ilgan va futbolga ilk qadamlarini aynan yurtimizda qo'ygan nigeriyalik hujumchi Piter Odemvinji o'z faoliyatini nega aynan Angliyada davom ettirayotgani va Rossiya, aniqrog'i, Yuriy Syomin boshqaruvidagi Lokomotivga qaytishi ehtimoli haqida.

Temiryo'lchilarning sobiq vakili malum vaqt futbol radarlaridan chetda qoldi. Piterning Stok Siti bilan tuzgan shartnomasi yozda tugagan va shundan buyon uning haqida aytarli malumot yo'q edi. Mana, yaqinda nihoyat, xabar chiqdi: Piter chempionshipda ishtirok etuvchi Roterxem klubi safiga qo'shilibdi. Rossiyalik hamkasblarimiz shu bahona darhol Odemvinji bilan aloqa bog'lashdi. CHunonchi, rus diyorida uni hamon yaxshi eslashadi.

- Ha, yozda biroz tavakkal ish tutdim, - deydi Piter. - Biroq bazan barchasi xuddi rejalashtirganingdek bo'lishini oldindan his qilasan va bunga qattiq ishonasan. Xullas, o'zimga maqul klub topishimga zarracha shubhalanmagandim. SHuningdek, aynan Angliya futbolida qolishni istadim, albatta.

- Tavakkalning mohiyati nima edi?


- Yozda xorij klublaridan tushgan 2ta aniq taklifni qabul qilmadim. O'sha vaqt shunday o'ylagandim: agar jamoalar o'zlari istagan futbolchilar bilan shartnoma tuzolmasalar, transferlar bozorining oxirgi kuni erkin agentlarga etibor qaratishadi. Afsuski,  bu yil men kabi ozod agent maqomidagi futbolchilar ko'pchilikni tashkil etishdi. Qolaversa, klublar o'z nishonlariga tushgan ijrochilarni ko'ndirish yo'lida qancha kerak bo'lsa, shuncha mablag' sarflashdi. Aslida mendan tashqari, Adebayor, Sessenon, Anichebe, Xoylett, SHamax kabi yigitlar ham ozod agent edilar. Ha, ko'plab hujumchilar klubsiz qolishdi.

- Nega aynan Angliya? APLga shunchalik qattiq bog'lanib qoldingizmi?


- Birinchidan, ikki haftacha oldin qizchali bo'ldik. Xotinim bilan bo'lajak farzandimiz xuddi ikki o'g'limiz kabi shu erda tug'ilishini istadik. To'g'rirog'i, uni  akalari ulg'aygan uyda tarbiyalashni maqul ko'rdik. CHunki oilamizning eng yorqin xotiralari shu uyga bog'liq. Ikkinchidan, Angliyadan ketmasam, yana APLda o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishim mumkinligini o'yladim. Zero, elit ligaga qaytish uchun mahalliy klublar nazaridan chetga chiqqaslik talab etiladi. Boshqacha aytsam, Angliyadan chiqib ketish oson, ammo qaytish juda qiyin.

- Nima, chempionship autsayderi safida to'p surish asnosida premer-liga murabbiylari etiborini tortish osonmi?


- Yo'q, lekin doimo chempionshipning kuchliroq jamoasi yoki APL  vakillari nazariga tushish imkoniyating bo'ladi. Axir seni mudom kuzatib borishadi. Tan olaman, yoshim tufayli (Odemvinji - 35 yoshda) oliy divizionning top-10ta jamoasi safiga qo'shilishim judu-juda qiyin. Ammo ozgina bo'lsada, imkoniyat va umid bor. Men aynan shundan foydalanmoqchiman.

- Oxirgi 3 yil davomida Stok Sitiga tegishli edingiz, biroq bu vaqtda klubning 30 foiz o'yinida ham qatnashmadingiz. Nega?


- Sabablar ko'p. Misol uchun, aytganimdek, yoshimning tasiri ham bor. SHuningdek, 2 yil avval orttirilgan jiddiy jarohat o'zini bilintirdi. Boz ustiga, men o'ynaydigan poziciya uchun murabbiy ixtiyorida SHerdan SHakiri va Jonatan Uolters ham bor bo'lib, ular Evropa chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgandilar. SHuning uchun mavsum oxirida ijara asosida chempionship jamoasi - Bristol Sitiga o'tdim. Biroq bu qadam APL klublaridan taklif olishimga kamlik qildi. To'g'ri, bitta variant yuzaga kelganini ham aytishim o'rinli.

- Qanday variant?


- Xall Sitini Stiv Bryus boshqargan payt ushbu jamoa bilan shartnoma tuzishim mumkin edi. Harqalay, u yozda meni ko'rikka chaqirdi va hammasi yaxshi ketayotgandi. Stivning o'zi rejalarida menga joy borligi va kelishuv taklif etishga tayyorligini bildirdi. Afsuski, ko'p o'tmay, u va klub xo'jayinlari o'rtasida muammolar yuzaga keldi. Oqibatda Stiv jamoadan ketdi. Umuman olganda, Angliyada futbolchilar o'zlari bilan ishlashga moyil murabbiylar faoliyati rivojini jiddiy kuzatib borishadi.

- Nahotki...?

- Ha. Deylik, mening o'yinimni alohida yoqtiradigan ikki nafar mutaxassis borligini yaxshi bilaman. Taassufki, ular yozda biror jamoa tepasida emasdilar. Aytishim joiz, avvaliga premer-liga klublaridan o'yinimga nisbatan  qiziqish kuchli edi, biroq o'sha vaqt Stok meni qo'yib yubormadi. Keyinroq Marsel o'z safiga chorlaganida ham, klub transferga xayrixoh bo'lmadi.

- Stiv Bryus keyinchalik Aston Villada ish boshladi. Nega uning ortidan bormadingiz? Ha, Villa ham chempionshipda o'ynamoqda, ammo u mashhurroq, baribir.

- Gap shundaki, uning ixtiyorida katta tarkib vujudga kelib ulgurgan va naq 4 nafar hujumchisi bor edi.

- Natijada avgust va sentyabr oylari ham o'tdiki, klubsiz qolaverdingiz...

- Sentyabr oyiga kelib, ortiq kutolmasligimni tushundim - formada ekanligimni isbotlash uchun hattoki, uchinchi ligada o'ynashga ham tayyor turgandim. Angliyada saviyali futbolchining muammolari asosan jismoniy holatga bog'liq bo'lishini yaxshi tushunishadi. Xullas, maydonga qaytishni xohladim. SHuning barobarida oktyabr oyida tarkibida muammosi bor qaysidir klub nazariga tushishdan umid qildim. Yana salohiyatimni yaxshi biladigan murabbiylarning ish topishlarini kutdim. SHukrki, yaqinda niyatimga etdim.

- Demak, Roterxemning yangi bosh murabbiyi Kenni Jekett bilan yaqindan tanishsiz, shundaymi?


- Yozda uchrashganimizda, u ishlarim va rejalarim bilan qiziqdi. Biroq yakunda Jekettga o'zi ko'zlagan klubda ish boshlash nasib etmadi. SHu orada oldimda ayni payt Angliya futbol tizimida uchinchi o'rinda turuvchi ligada o'ynayotgan Boltonga o'tish varianti paydo bo'ldi. Biroq shartnoma muddati meni qoniqtirmadi. Zero, boltonliklar 3 oy yoki mavsum yakunigacha hamkorlik qilishni istashdi. Aslida klubning ko'proq ochko olishi yo'lida jiddiy shug'ullanish va borimni berib o'ynashga tayyor edim. CHunonchi, Bolton hozir birinchi divizionda ishtirok etayotgan bo'lsada, yaxshigina tarixga ega. Deylik, klubning stadioni premer-liga darajasiga tortadi, mashg'ulotlar bazasi ham ajoyib. Xullas, jamoa bilan shartnoma tuzishga yaqin edim, biroq Jekett Roterxemda ish boshlagani hamono menga qo'ng'iroq qildi: Yonimga kel. Yoshlarimiz sendan ibrat olishadi, o'rganishadi. Tajribang va maslahatlaring ayniqsa, hujum guruhini shakllantirishimizda qo'l keladi. Jekettning fikricha, garchi doim ham ko'zga tashlanmagan bo'lsamda, faoliyatim ijobiy bahoga munosib.

- Roterxem qancha muddatlik shartnoma taklif etdi?


- 3 oylik.

- Nahotki, darhol ko'ngan bo'lsangiz...


- Loyihaning o'zi qiziqarli tuyuldi. Har holda, chempionshipda futbol saviyasi ancha baland. Hozir ham jiddiy darajada o'ynashga imkon beruvchi xususiyatlarga egaligimni his qilib turibman. Demak, yanvargacha qaysidir jamoa etiborini tortish uchun astoydil ishlashim kerak.

- Klubda qolishingiz ham mumkinmi?


- Agar ishlar yaxshi kechsa, nega qolmasligim kerak? Axir jamoa qiyin holatda menga yordam qo'lini cho'zdi. Xullas, ikki tomon ham bir-biridan xursand bo'lsa, Yangi yil bayrami arafasida shartnoma muddatini kelasi yozgacha uzaytirishimiz hech gap emas.

- Klubsiz qolgan vaqt sport formangizni qanday ushlab turdingiz?


- SHaxsiy tajribamni ishga solib, imkon qadar mustaqil shug'ullandim. Albatta, hozir butun hafta davomidagi umumiy mashg'ulotlarda faollik ko'rsatishim qiyin. Ammo bo'sh vaqtda trenajyor zalida ishladim, yugurdim, suvda suzdim. Bular bejiz ketmagan, menimcha. Ha, ayni payt yaxshi sport formasida emasman, lekin o'ynashga tayyorman. Yana 2 haftadan so'ng milliy jamoalar yig'in boshlashadi - o'sha vaqtda barchasini izga solishga harakat qilaman. O'ylaymanki, aynan terma jamoalar o'yinlaridan so'ng optimal holatga qaytaman.

- Rossiyada Odemvinjini ko'pchilik iliqlik bilan eslaydi. SHu manoda aytsak, sizda rus premer-ligasiga qaytish varianti tug'ilmadimi?


- Iliqlik bilan eslashadi? Bu gapni eshitish yoqimli! Onam hamon Moskvada yashamoqda. Uning aytishicha, odamlar gohida men haqimda so'rab, qachondir yana mahalliy ligada o'ynashimni ko'rishga umid bildirar ekanlar. Tushunib turibman, faoliyatim oxirlab qoldi va bunday vaqtda har qanday taklifni jiddiy ko'rib chiqishim tabiiy hol. Deylik, yaqinda Rossiyada ishlaydigan murabbiylardan biri bilan uchrashdim.

- Mabodo Yuriy Syomin bilan emasmi?


- Yo'q, lekin vaziyatdan foydalanib, unga alangali salom yo'llayman. Biz 1,5 yilcha oldin Ispaniyada ko'rishgandik. Syominga farzandlarimni ko'rsatdim. Axir hayotimiz ancha o'zgarib ketdi. Har qanday holatda ham, barcha variantlar uchun ochiqman. Rossiya - vatanim va uni yaxshi ko'raman. Rus diyorida qarindoshlarim ko'p, ular  men bilan yana uchrashishdan baxtiyor bo'lsalar kerak. Onam esa bizning o'yinimizni kuzatishdan rohatlanadi. Bundan tashqari, jahon chempionati oldidan Rossiya ligasiga katta etibor qaratilishi shubhasiz. Bilishimcha, ko'plab klublar zamonaviy stadionga ega bo'lib ulgurishgan. Umuman, barcha joylarda jahon birinchiligiga izchil tayyorgarlik ketayotgan ekan. SHunday ekan, qaytishim hech gap emas.

- Misol uchun, Lokomotivni kuzatib boryapsizmi?

- Ha, Yuriy Palichning klubga qaytganini eshitdim. Uning tajribasi juda katta, Loko bilan etarlicha muvaffaqiyat qozongan. O'ylashimcha, Syomin Rossiyadagi eng kuchli mutaxassislardan biri. Afsuski, klubning CSKAga qarshi o'yinini ko'rolmadim - butun hafta davomida safarlardan bo'shamadim, xususan, ko'rikdan o'tish uchun Bolton bazasiga bordim. Lekin o'yinda Lokoning g'alaba qozonganidan xabardorman. Bilaman, jamoa avvalgi mavsum yomon ko'rinmadi. Hozir, Syomin qaytgach, Lokomotivdan ko'p narsa kutishayotgani tayin. Avvalgi saviya - 20-asr boshidagi mavqeni tiklash yo'llarini qidirishda davom etish kerak. Umid qilamanki, sobiq jamoam ishlari tez orada ijobiy tus oladi. Unga omad!

Malumot uchun:

Piter Odemvinji (tug'ilgan sanasi - 1981 yil 15 iyul) - Nigeriya va rossiyalik futbolchi. Rossiyadan tashqari, Evropaning yana 3ta milliy chempionatida o'ynagan: Belgiya (La-Luver), Franciya (Lill) va  Angliya (Vest Bromvich Albion, Kardiff Siti, Stok Siti, Bristol Siti)da. Rossiyada esa Lokomotivning 74ta o'yinida maydonga tushib, 23ta gol urgan. Butun faoliyati davomidagi umumiy statistikasi: 380ta o'yin, 103ta gol va 52ta samarali pas. Naq 5ta til - ruscha, inglizcha, francuzcha, tatarcha va nigeriyacha shevadagi inglizchada so'zlasha oladi. Yutuqlari: Pekin Olimpiadasi-2008 kumush medali sohibi, Nigeriyaning 2009 yilgi eng yaxshi futbolchisi. Piter shuningdek, Angliya premer-ligasida 3 marta oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etilgan: sentyabr va aprel (mavsum-2010|2011), fevral (mavsum-2011|2012).

H. MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика