So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Pishur Ukraina TVsiga intervyu berdi va “Bunyodkor”dagi vaziyatdan nolidi Yangiliklar

Pishur Ukraina TVsiga intervyu berdi va “Bunyodkor”dagi vaziyatdan nolidi

Ukrainalik hujumchi Oleksandr Pishur Ukrainaning 2+2 telekanalining “Pro futbol” ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.
Ko'rsatuv davomida Pishur “Bunyodkor”da o'tkazgan damlari haqida fikr yuritdi va oxirida O'zbekistondagi faoliyatini yakunlab uyga qaytgisi kelayotganini aytib o'tdi.

Ko'rsatuv boshida jurnalist Pishurni kutib oldi va ukrainchasiga salomlashib ortidan o'zbekchasiga “Qalaysiz?” deb qo'ydi. So'ngra o'zbekchani o'rganib oldingmi deb so'raganida Pishur futbol atamalaridan tashqari bazi qo'pol so'zlarni yodlab olganman dedi. QUyida Pishurning aytganlarini keltirib o'tamiz.

Ukrain va o'zbek futboli haqida
-   Ukrainada asosan jismoniy futbol o'ynaladi, O'zbekistonda esa biroz sokin, texnik futbolni maqul ko'rishadi.  

“Bunyodkor”dagi odatlar haqida
-   Har doim o'yindan bir kun oldin kechki ovqatga osh beriladi. Boshida hayron qolgandim, keyin o'rganib ketdim. Kechki mashg'ulotni tugatib qaytganimizda osh allaqachon pishirib qo'yilgan bo'ladi. O'zimizda oshpaz bor va u oshni o'choqda pishiradi.

Milliy valyutamiz haqida
-   Bir gal menga o'zbek so'mida maosh berishgandi. O'shanda xotinim bilan bolam ham men bilan birga edilar. Maoshimni mashinaning bagajida to'rtta qopga joylab mehmonxonaga olib kelishdi. O'shanda buncha ko'p pulni ko'rib qizim hayron qolgandi.

“Bunyodkor”ning “oltin davri” haqida
-   Eto’O, Rivaldo, Skolari kabi mashhur shaxslar kelgan paytlar “Bunyodkor” O'zbekistonning “CHelsi”si bo'lgandi. Eshitishimcha,  o'sha davrlar juda zo'r bo'lgan ekan. Birgina Rivaldoning oila azolariga Braziliyaga uchib ketishayotganda chipta uchun 72 ming dollar to'langan ekan.

Ukrainalik jurnalistlar Toshkentga kelib “Bunyodkor” - “So'g'diyona” bahsidan lavha tayyorlashdi. Bu o'yinda Pishur zaxirada qoldirildi va telekanal xodimlari uning zaxira o'rindig'ida o'tirganini ko'rib hayron bo'lishdi.

“Bunyodkor”dagi muhit haqida:
-   Negadir uyga qaytgim kelyapti, qolaversa, klubdagi vaziyat ham tushunarsiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика