Pirlo: "Yuventus"ning muammosi yarim himoyada. Ronaldu sotib olindi, ammo..."
10 avg 2020 02:16
Yangiliklar
Pirlo: "Yuventus"ning muammosi yarim himoyada. Ronaldu sotib olindi, ammo..."
"Yuventus"ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoa o'yinini qanday ko'rishni istayotgani haqida gapirdi.
"Bu ko'proq o'yinchilarga bog'liq, ammo menga 4-3-3 taktik sxemasi yoqadi. Men to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'raman.
Menga 4-3-3 yoqadi. Ammo, albatta, o'yinchilar bunga moslasha olmasa, siz uslubni o'zgartirishingiz kerak. Agar bitta sxemaga o'ralashib qolsangiz va futbolchilar bunga ko'nika olishmasa, faqat vaqtni behuda sarflaysiz.
"Yuventus"ning muammosi yarim himoyada. Ular Krishtianu Ronalduni sotib olishdi, ammo unga yordam berishi kerak bo'lgan o'yinchilarni qidirish kerak", — deydi Pirlo football-italia nashriga.
Fikrlar