Pirlo: "Yuventus" skudetto uchun oxirigacha kurashadi"
03 mar 2021 16:29
Yangiliklar


Pirlo: "Yuventus" skudetto uchun oxirigacha kurashadi"
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo Italiya chempionati 25-turi doirasidagi "Speciya"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Keksa sinora" ushbu o'yinda 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
"Biz "Inter"ni taqib qilishda davom etamiz. "Neradzurrilar"dan ortda qolish - atigi bir-birimizdan ajratib turadigan ochkolar sabab. Oldinda hali uzoq poyga bor.
"Yuventus" oxirigacha kurashadi. "Inter" birgalikda ikki yildan beri o'ynamoqda, bizning hamkorlikdagi yo'limiz esa endilikda boshlandi", - deydi Pirlo.
"Yuventus" 49 ochko bilan A Seriya jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Pirlo jamoasini etakchi "Inter"dan 7 ochko ajratib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar