Pirlo Italiya shon-sharaf zalidan joy oladi, Lukakuga esa maxsus sovrin topshiriladi
06 fev 2020 21:38
Yangiliklar


Pirlo Italiya shon-sharaf zalidan joy oladi, Lukakuga esa maxsus sovrin topshiriladi
2006 yilgi mundial chempioni va "Inter", "Milan", "Yuventus" kabi jamoalar safida o'ynagan Andrea Pirlo ushbu faxriy mukofotni oluvchilardan biri bo'ladi.
4 may kuni Florenciyada Andrea Pirloning nomi shon-sharaf zaliga kiritiladi. U Roberto Badjo, Paolo Maldini, Franko Barezi, Fabio Kannavaro, Janluke Vialli, Juzeppe Bergomi, Alessandro Del Pero va Franchesko Totti kabi futbolchilar safiga qo'shiladi.
Qayd etilishicha, “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku “Fiorentina” sardori sharafiga nomlangan maxsus Davide Astori mukofotini qo'lga kiritadi. Ushbu sovrin halol o'yin o'tkazganlarga beriladi. Lukaku irqchlikka qarshi va u jamoadoshi Sebastyano Espozitoga penaltini berib, 17 yoshli futbolchining A Seriyadagi ilk golini urishiga ko'maklashgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar