Pirlo: "Biz kubok yutishga loyiq edik"
20 may 2021 07:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638336_original.jpg)
![](/upload/storage/638336_220.jpg)
Pirlo: "Biz kubok yutishga loyiq edik"
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" finalda "Atalanta"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Italiya kubogini qo'lga kiritdi.
"Bu ikki ajoyib jamoa ishtirokidagi ajoyib o'yin edi. Jamoalar oxirigacha kurashishdi. O'yin final uchun mos bo'ldi. Biz muxlislarga ajoyib oqshom namoyish etib berganimizdan xursandmiz.
Judayam zo'r bo'lmagan mavsumni hisobga olsak, biz g'alaba qozonib, kubokni uyga olib ketishni istagandik. Yarim final va finalda kuchli jamoalarni mag'lub etdik, shuning uchun ham "Yuventus" kubokni qo'lga kiritishga loyiq edi.
Ushbu lavozimda ishlashda davom etishni istardim. Men bolaligimdan futbolni yaxshi ko'raman, bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Barchasini klub rahbariyati hal qiladi. Menga mashg'ulotlar o'tkazish yoqadi. "Yuventus"ni sevaman. Ko'ramiz, qanday qaror qabul qilinarkin. Men davom etishni istagan bo'lardim", - dedi Pirlo.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar