Pirlo: "2006 yilda Kapello meni "Real"ga taklif qilgan"
Aslanov Jasurbek
4 may 2015, 13:48
"Yuventus" yarim himoyachisi Andrea Pirlo bir paytlar "Real"ga o'tishi mumkinligi haqida so'zlab berdi.
"Ha, "Real"ga o'tishga yaqin edim. 2006 yilda Kapello meni taklif qilgan. Deyarli hammasi tayyor edi. "Milan"da muammolar paydo bor edi. Ammo keyinroq barchasi chippakka chiqdi va "Milan" bilan shartnomani uzaytirdim" - deydi Pirlo.