So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Pioli: "Milan" ushbu mavsumda kutilganidan ko'ra yaxshiroq bo'la oldi" Yangiliklar

Pioli: "Milan" ushbu mavsumda kutilganidan ko'ra yaxshiroq bo'la oldi"

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya doirasida "Sampdoriya"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"ECHLdagi ko'ngilsizlikdan so'ng bunday o'yin ko'rsatib, g'alabaga erishganimiz yaxshi holat bo'ldi. Ko'p gol urdik va bizga ishonch tuxfa qiladi. Ikkita o'yin qoldi va shundan keyin biz nimalarga erishganimiz ayon bo'ladi.

Biz ECHLda kutilganidan ko'ra ko'prog'ini qo'lga kirita oldik. Masalan, o'tgan mavsumda guruhdan chiqa olmagandik. Biroq albatta, yo'l hali tugagani yo'q.

A Seriyada esa ishlar biz istagandek kechmadi. Bizga barqarorlik etishmadi va bugungi kabi o'yinlarda ko'p mag'lub bo'ldik. Oldimizda "Yuventus" kutib turibdi. SHunchaki yaxshi o'yin namoyish qilsak, ko'prog'ini qo'lga kirita olishimizni tushunishimiz kerak.

So'nggi ikki mavsumdagi sarguzashtlarimiz ajoyib bo'ldi, kutilganidan ko'ra ko'prog'ini muxlislarga bera oldik. Moliyaviy tomondan barchasi joyida. Yosh jamoaning o'sishiga zamin yarata oldik, skudettoni qo'lga kiritdik, ECHL yarim finaliga chiqdik.

Haqiqat shundan iboratki, "Milan" nafaqat Italiyada, balki Evropada raqobatbardosh bo'lishi kerak. Biz darajani ko'tara oldik, biroq ayrim xatolar bizning A Seriyadagi o'rnimizga tasir qildi. Qarorlarimiz, klub, futbolchilarimiz bilan faxrlanaman. Bu erda barchamiz chin yurakdan mehnat qilsak, yanada kuchliroq bo'la olishimizga ishonaman", - dedi Pioli.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика