Pioli: "Milan" guruhdan chiqishiga ishonaman"
07 dek 2021 21:18
Yangiliklar
Pioli: "Milan" guruhdan chiqishiga ishonaman"
"Rossonerilar" ustozi "Liverpul"ga qarshi o'yin haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Stefano Piolining aytishicha, uning jamoasi pley-off bosqichiga yo'l oladi.
"Liverpul"da juda tez va texnikasi kuchli hujumchilar bor. Bu jamoa hujumda juda yaxshi o'ynaydi. Juda ehtiyot bo'lishimiz va o'yinga mos keladigan taktik reja asosida o'ynashimiz lozim.
Bu kecha "Milan"niki bo'lishi mumkin. Bizda faqat bitta imkoniyat qoldi, shunday ekan, tavakkal qilishga majburmiz. Guruhdan chiqishimizga ishonaman, chunki biz buni xohlaymiz va o'zimiz uchun shunday imkoniyat yaratdik", – dedi Pioli.
"B" guruhida "Liverpul" 15 ochko bilan 1-o'rinda bormoqda. "Portu" 5 ochko bilan ikkinchi, "Atletiko" esa 4 ochko bilan so'nggi pog'onada bo'lib turibdi.
Fikrlar