Pioli: "Milan" faqatgina yarim soat chiroyli futbol o'ynadi"
14 avg 2022 10:40
Yangiliklar
Pioli: "Milan" faqatgina yarim soat chiroyli futbol o'ynadi"
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriyaning dastlabki turida "Udineze"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"O'yinda tezkor gol o'tkazib yuborganimiz menga yoqmadi. Bahsni yaxshiroq boshlashimiz kerak. Biroq keyin yarim soat davomida chiroyli futbol namoyish qildik.
Tan olaman, markazda bir necha bora engil fikrlagan holda qarorlar chiqardik, bu esa ishlash kerakligini bildirmoqda. SHunday bo'lsa-da, o'zingizning yaxshi sifatlaringizni namoyish qilgan holda o'yinda qolishingiz kerak. Umuman olganda yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman.
Qanotdan uzatilgan to'plardan keyin ikki gol o'tkazib yubordik, o'sha paytda jamoa diqqatni yo'qotib qo'ydi. Aslida bunday holatlarda yaxshiroq harakat qilish kerak. Yakshanba kungi raqib "Atalanta" mayda xatolardan gol urib ketadi. SHu sababli qo'shishimiz kerak", - dedi Pioli.
Fikrlar