Pioli Ibragimovichning jarohati haqida gapirdi
24 jan 2022 08:45
Yangiliklar
Pioli Ibragimovichning jarohati haqida gapirdi
“Milan” ustozi Stefano Pioli shogirdi Zlatan Ibragimovichning A Seriya 23-turi doirasidagi “Yuventus”ga qarshi (0:0) o'tgan o'yindagi jarohati haqida gapirdi.
“Ibragimovich tovonida og'riq his qildi. U bunga maydonning holati sabab bo'lgan deb hisobladi, shu tufayli u yaqin kunlarda tuzalib ketishiga umid qilamiz”, deydi murabbiy.
Zlatan 28-daqiqada zaxiraga olindi. 40 yoshli shved joriy mavsum “rossonerilar” safida 19 o'yinda qatnashib, 8+2 natijaga erishdi.
Fikrlar