Pioli: "Bu haqiqiy "Milan" emas"
22 dek 2019 20:18
Yangiliklar
Pioli: "Bu haqiqiy "Milan" emas"
"Bu haqiqiy "Milan" emas. Jamoa bu o'yinga qadar yuqori saviyali o'yin ko'rsatayotgandi. Jamoadagi barcha insonlar mag'lubiyatdagi ayblarni o'z bo'yniga oladi. Ishlashda davom etamiz.
"Milan" o'yinni beqaror boshladi va "Atalanta"ga katta zonalar ochib berdi. Ayni damda agressivlik borasida "Atalanta" Evropadagi eng yaxshi jamoalardan biri hisoblanadi.
Qachonki jamoa yosh bo'lsa, qiyin daqiqalarda og'irroq bo'lib qolish kerak. Ikkinchi bo'lim boshida gollarga qarshi reakciya kutgandim. Biroq jamoa birinchi bo'limdagidan-da yomon o'ynadi.
Jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilaman. SHu boisdan yanvar oyidagi transferlar oynasidagi strategiya borasida ishlayapmiz.
Bugungi o'yinda jamoamning birdamlikdagi o'yini ko'rinmadi. Endi biz oldingi o'yinlarda ko'rsatgan ishlarimizni yana qaytara olishimiz kerak. Biz yaxshi o'yinlarga loyiqmiz", - dedi Pioli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar